» » Parhez taomlarning xavfli tomoni aniqlandi

Parhez taomlarning xavfli tomoni aniqlandi


Polshaning Lodzi shahridagi Tibbiyot universiteti olimlari sog‘lom turmush tarzining bir qismi sanaladigan parhez taomlar erta o‘lim xavfini oshirishini aniqladi. Bu haqda EurekAlert! nashri tomonidan ma’lum qilindi.

1999—2010-yillarda bo‘lib o‘tgan uzoq muddatli tadqiqotlarda 24825 kishi ishtirok etgan. Ularning o‘rtacha yoshi 47,6 ga teng bo‘lgan. Mutaxassislar kam uglevodli parhez va turli sabablardan yuzaga keladigan o‘lim o‘rtasidagi aloqani o‘rgangan.

Aniqlanishicha, eng kam uglevod iste’mol qilgan kishilarda muddatdan oldingi o‘lim xavfi 32 foizga oshgan. Bunda yurak kasalliklari, insult va o‘simtalardan o‘lish xavfi mos ravishda 51, 50 va 25 foizga o‘sgan. Bu aloqa semizlikdan qiynalmaydigan keksa kishilarda kuchliroq bo‘lgan.

Natijalar yettita tadqiqotning metatahlilida tasdiqlangan. Tadqiqotlarda jami 447506 kishi qatnashgan. Olimlarning aniqlashicha, uglevod iste’mol qilishning past darajasi xavfli bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklari va saratonning oshish xavfini mos ravishda 13 va 8 doizga ko‘paytirgan. Bunday aloqaning ehtimoliy sabablaridan biri hayvon oqsili va yog‘lari iste’molining oshishi, shuningdek, organizmda o‘simlik hujayralari va boshqa moddalarining yetishmasligi bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 06:26)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют