» » Tramp Google’ni uning muvaffaqiyatlari haqidagi yangiliklarni yashirishda aybladi

Tramp Google’ni uning muvaffaqiyatlari haqidagi yangiliklarni yashirishda aybladi


AQSh prezidenti Donald Tramp Google kompaniyasi haqida tanqidiy fikr bildirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

U qidiruv tizimida o‘zi haqida faqat “yolg‘onchi OAV” yangiliklarini topganligini ta’kidladi.

“Google’da Trump News so‘rovi bo‘yicha qidiruv natijalari yolg‘onchi OAVning nuqtai nazari va hodisalarni yoritishini aks ettiradi. Boshqacha aytganda, ular deyarli barcha hodisalar va yangiliklar yomon bo‘lishi uchun ularni men va boshqalar uchun soxtalashtiradi”, — deya ta’kidladi Donald Tramp Twitter’dagi postida.

Siyosatchi, shuningdek, Trump News so‘rovi bo‘yicha 96 foiz so‘l talqindagi milliy nashrlarning yangiliklari berilishini ma’lum qildi. AQSh prezidentining fikricha, bu juda xavfli.

Tramp konservatorlarning ovozlari bostirilishi, yaxshi axborot va yangiliklar esa yashirilishini taxmin qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют