» » “Xalq banki” Namanganda bank mansabdor shaxslari 400 mln so‘m zaxira pullarni ishlatib yuborgani haqidagi xabarni izohladi

“Xalq banki” Namanganda bank mansabdor shaxslari 400 mln so‘m zaxira pullarni ishlatib yuborgani haqidagi xabarni izohladi


“Xalq banki” O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining Namanganda AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali mansabdor shaxslari 400 million so‘mdan ortiq zaxira pullarini shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgani haqidagi xabariga izoh berdi. Bank bayonotini to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

Yurtimizdagi bir nechta internet saytlarida 2018-yilning 16-iyul kuni Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali mansabdor shaxslariga nisbatan tergovoldi tekshiruv ishlari o‘tkazilgani va unda bankning Kosonsoy filiali boshqaruvchisi B.A. o‘zining jinoiy sheriklari filial bosh hisobchisi T.O. hamda kassa mudiri O.E. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, filial kassasida mavjud bo‘lgan 409 mln 866 ming 394,53 so‘m zaxira pullarini shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborib, mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganliklari aniqlangani haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Aslidachi? Haqiqatan bank xodimlari ushbu jinoyatni amalga oshirganmi?

Afsuski, shunday, biroq xabarda keltirilgandek, jinoyat 16-iyul kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda emas, balki “Xalq banki”ning Markaziy apparat xodimlari tomonidan 2018-yil 4-iyulda o‘tkazilgan to‘satdan taftish vaqtida aniqlangan edi.

Shundan so‘ng, ushbu holatga huquqiy baho berishi uchun Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga tegishli ma’lumotlar taqdim etilgan. Ya’ni kamomad bank xodimlari tomonidan aniqlangan hamda bugungi kunga kelib, o‘z vaqtida amalga oshirilgan samarali chora-tadbirlar natijasida ushbu kamomad to‘liq undirildi.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, jinoyatni kim ochganidan ko‘ra unga tegishli chora ko‘rilgani muhimroq, biroq “Xalq banki” tomonidan aniqlangan kamomad bugungi kunda to‘liq qoplangani, xodimlarga tegishli chora ko‘rilgani asosiy masala.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют