» » Startapni yo‘lga qo‘ymoqchimisiz? “Startap-tashabbuslar”da ishtirok eting

Startapni yo‘lga qo‘ymoqchimisiz? “Startap-tashabbuslar”da ishtirok eting


O‘zbekiston bo‘ylab Yoshlar startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturining uchinchi davrida ishtirok  etish uchun arizalar qabuli boshlandi. Joriy yilda beshta  eng  yaxshi jamoa startapni  yaratishga oid ulkan tajribadan tashqari, o‘z loyihalarini rivojlantirish uchun pullik sarmoyalarga ham ega bo‘ladi. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturi “Daryo”ga ma’lum qildi.

2016-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Startap-tashabbuslari” dasturi yoshlarni o‘z shaxsiy startaplarini yaratishga hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishgako’maklashishga qaratilgan. Dastur BMTTD, Savdo-sanoat palatasining qo‘shma faoliyati mahsuloti bo‘lib, joriy yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida "Yoshlar-kelajagimiz" davlat dasturida belgilangan vazifalar doirasida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Dasturga saralash qanday o‘tkaziladi?

Dasturga saralab olish onlayn arizalar va jamoalar bilan suhbat o‘tkazish asosida amalga oshiriladi. Xususan, qizlar rahbarligidagi yoki jamoalar tarkibida ta’sischi sifatida qizlar ishtirok  etayotgan jamoalar va loyihalar ustuvorlik kasb  etadi.

Dastur nimalardan iborat?

Hakamlar hay’ati tomonidan aniqlangan eng  yaxshi loyihalarning jamoalari Dasturda ishtirok  etishlari va Lean Startup (“tejamkor startap”) uslubiyati asosidagi startap-loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha tayanch ta’lim kursini o‘tishlari mumkin.

Dastlabki ikki davr tajribasidan kelib chiqqan holda, asosiy  e’tibor  ekspertlar va mentorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish hamda tanlab olingan startaplarni hayotga tatbiq  etishda amaliy yordam ko‘rsatishga qaratiladi.  Ekspertlar loyiha g‘oyalarini hayotiyligini aniqlashda, qiymat takliflari va qabul qilingan taxminlarni sinashda, MVP (yakuniy mahsulotning minimal ishga layoqatli ko‘rinishi)ni yaratishda, loyihaning biznes-modelini ishlab chiqishda, savdo kanallarini izlashda va sarmoyachilalar uchun taqdimotni tayyorlashda yordam beradilar.

Eng muvaffaqiyatli loyihalarning jamoalari Demo Day yakuniy tadbiri istiqboldagi investorlarga o‘z loyihalarini taqdim  etish hamda innovatsiyalar forumida ishtirok etish imkoniga  erishadilar. Demo Day yakunlari bo‘yicha  eng  yaxshi deb topilgan beshta loyiha o‘z startaplarini rivojlantirish uchun beg’araz sarmoya shaklida mablag‘ga  ham ega bo‘ladilar. Bunda moliyaviy ko‘mak Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan ko‘rsatiladi.

Joriy yilda alohida seminarlar va mahorat darslari Toshkent shahridan tashqari, Namangan va Samarqand viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham o‘tkaziladi. Har bir hududda Qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok  etish uchun 30 tagacha  eng  yaxshi loyihani tanlab olish rejalashtirilgan. Dasturning hududiy bosqichi yakunlanganidan so‘ng,  ekspert guruhi tomonidan saralab olingan 3 tagacha  eng  yaxshi loyiha Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Demo Day yakuniy tadbirida ishtirok  etish imkonini qo‘lga kiritadi.

Qanday qilib ishtirokchiga aylanish mumkin?

Dasturda qanday ishtirok  etish, loyihalarni saralab olish mezonlari va ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar haqidagi ma'lumot bu yerda joylashtirilgan.

Ariza topshirishning  yakuniy sanasi – 2018-yil 17-sentabr.

Dastur  yangiliklaridan xabardor bo‘lish uchun dasturning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga a’zo bo‘ling: https://www.facebook.com/startupuzb/



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют