» » Kardiologlar uzoq muddatli ta’til umrni uzaytirishini isbotladi

Kardiologlar uzoq muddatli ta’til umrni uzaytirishini isbotladi


Yevropa kardiologiya jamiyati shifokorlari 1,2 ming kishi ishtirokida 50 yil davom etgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi va uzoq muddatli ta’til yurak kasalliklari yuzaga kelishi xavfini kamaytirib, umrni uzaytiradi degan xulosaga keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Masalan, ta’tilga yiliga uch hafta yoki kamroq vaqtga chiqqan biznesmenlar orasida bir oy to‘liq dam olganlarga nisbatan 37 foizga ko‘proq o‘lim holatlari qayd etilgan.

Kamroq dam olganlar orasida zararli odatlardan voz kechgan, to‘g‘ri ovqatlanadigan va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan kishilar ham bo‘lgan. Xelsinki universiteti olimi Timo Strandbergning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom hayot tarzi organizm uchun uzoq muddatli ta’til o‘rnini bosa olmaydi.

“Sog‘lom hayot tarzi va yaxshi ovqatlanish to‘laqonli ta’til o‘rnini bosa olmaydi, u esa stressni yo‘qotish va yurak salomatligini yaxshilashda yordam beradi. Bu ayniqsa, erkaklar orasida seziladi”, — dedi tadqiqotchi.

Olimlar eslatishicha, har yili infarktlar, insultlar va yurak faoliyatidagi surunkali yetishmavchiliklardan dunyoda qariyb 17 million kishi vafot etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют