» » Miss World Australia tanlovida nogironlar aravachasiga mixlangan qiz qatnashdi

Miss World Australia tanlovida nogironlar aravachasiga mixlangan qiz qatnashdi


Miss World (Dunyo go‘zali) tanlovida birinchi marta jismoniy imkoniyati cheklangan ayol ishtirok etdi, deya xabar bermoqda Daily Mail. Jastin Klark Avstraliyaning Adelaida shtatida bo‘lib o‘tgan hududiy final bosqichda qatnashdi.

26 yoshli Klark shtat bo‘yicha tanlovda g‘olib chiqmadi va milliy bosqichga o‘tmadi. Ammo u tanlovdagi ishtirokining o‘zidan ham mamnun ekanligini aytdi. Qiz nogironlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini davom ettirmoqchi.

“Aravachaga mixlangan odam uchun tanlovda qatnashish imkoniyati — katta qadam. Umid qilamanki, bu irq, kiyim o‘lchami yoki jismoniy cheklovlar — umuman, sizni farqli qilib turuvchidan barcha narsadan qat’i nazar — siz baribir go‘zal ekanligingiz haqidagi o‘ziga xos murojaat bo‘ladi”, — deya ishonch bildirdi avstraliyalik qiz.

Ta’kidlanishicha, qiz 2015-yildan buyon aravachada harakatlanadi. U nima sababdan nogiron bo‘lib qolganiga aniqlik kiritmadi.

Yaqin kelajakda Klark xayriya faoliyati bilan shug‘ullanadi va tanlov hamkorlik qiladigan Children’s Charity bolalar xayriya tashkilotiga yordam beradi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют