» » AQShda 143 milliard dollarlik bitim barbod bo‘ldi

AQShda 143 milliard dollarlik bitim barbod bo‘ldi


Amerikaning Kraft Heinz oziq-ovqat kompaniyasi Unilever ingliz-golland iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchisini 143 milliard dollarga sotib olish rejalaridan voz kechdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Bitim barbod bo‘lishining sabablari oshkor etilmadi. Amerika OAVlari ma’lumotlariga qaraganda, Unilever menejmenti Kraft Heinz tomonidan har bir aksiya uchun 50 dollar taklif etilganligidan norozi bo‘lgan.

Shu bilan birga bitim haqidagi mish-mishlar tufayli har ikkala kompaniya aksiyalari narxi sezilarli darajada o‘sdi. Unilever qimmatli qog‘ozlari 13 foizga, Kraft Heinz aksiyalari esa 11 foizga o‘sdi.

Bloomberg’ning ta’kidlashicha, barbod bo‘lgan bitim oziq-ovqat sohasidagi eng yirik birlashuv bo‘lishi mumkin edi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют