» » Texnika universitetida Islom Karimov xotira barelyefi ochildi (foto)

Texnika universitetida Islom Karimov xotira barelyefi ochildi (foto)


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida O‘zbekistonning Birinchi Prezidentiga qo‘yilgan xotira barelyefining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Islom Karimov fondining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Mazkur oliy o‘quv yurtini Islom Karimov 1960-yilda tamomlagan.

Bronza barelyefining og‘irligi 700 kilogramm, balandligi 2,5 metr, eni 2 metr bo‘lib, universitetga kirish joyida o‘rnatilgan.

Barelyef muallifi O‘zbekiston badiiy akademiyasining ijodiy uyushmasi a’zosi, “E’tirof-2015” mukofoti sovrindori, Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi haykal xalqaro tanlovi laureati Jasvand Annazarov.

Barelyefning tantanali ochilish marosimida Prezident Karimov rafiqasi Tatyana Karimova hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Odiljon Abdurahmonov ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют