» » GROSS INSURANCE sug‘urta kompaniyasi biznesda o‘sishning yuqori sur’atlarini ko‘rsatishda davom etmoqda!

GROSS INSURANCE sug‘urta kompaniyasi biznesda o‘sishning yuqori sur’atlarini ko‘rsatishda davom etmoqda!


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilning birinchi yarim yilligida GROSS INSURANCE kompaniyasi Respubikaning 27 ta sug‘urta kompaniyasi ichida sug‘urta mukofoti yig‘imi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.

Hisobot davrida kompaniya tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi 78,5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 244,3 foiz miqdorida o‘sish ta’minlangan.

Kompaniya faoliyatining o‘sish ko‘lamida asosiy o‘rinni ixtiyoriy sug‘urta turlari tashkil etmoqda, mazkur turlardan sug‘urta mukofotlari hajmi 2,8 marta oshdi va 65 milliard so‘mni tashkil etdi.

Kompaniyaning yetti yilik faoliyatida ko‘plab mijozlar o‘z manfaatlari himoyasini  GROSS INSURANCE’ga ishonmoqda. Buning asosiy sababi esa kompaniya o‘z mijozlari oldidagi majburiyatlarini yuqori darajada, to‘liq va tezkor bajarilishi hisoblanadi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida mijozlarga kompaniya tomonidan 5,9 milliard so‘m sug‘urta tovoni to‘lab berilib, bu 2017-yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 3,2 martaga ko‘p demakdir.

Shuningdek, GROSS INSURANCE sug‘urta kompaniyasi davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyatlarini his etib, o‘zbek sportini ommalashtirishda faol ishtirok etmoqda hamda sport musobaqalariga va alohida sportchilarga ham homiylik  yordami ko‘rsatib kelmoqda.

Faxr va iftixor bilan shuni e’tirof etish mumkinki, GROSS INSURANCE kompaniyasi sport elchisi va vakili hisoblangan Nodirbek Abdusattorov — klassik shaxmat tarixidagi eng yosh grossmeyster hisoblanadi, u bu unvonga 13 yosh-u 1 oy-u, 11 kunda munosib deb topilgan (FIDE reytingining 14-o‘rnida turgan Sergey Karyakindan keyin) Nodirbek O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi binosida tasodifiy raqamlar generatori yordamida tanlab olinadigan 20 nafar raqiblari bilan joriy yilning 10-oktabr kuni shaxmat seansini o‘tkazadi.

Shaxmat musobaqasida ishtirok etish uchun batafsil ma’lumotlarni kompaniya saytidan yoki Facebook, Instagram’dagi rasmiy sahifalardan olishingiz mumkin.

Butun mamlakat bo‘ylab yagona telefon raqami: 1166

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют