» » Jizzaxda o‘t o‘chiruvchilar o‘rtasida “Eng faol yosh xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Jizzaxda o‘t o‘chiruvchilar o‘rtasida “Eng faol yosh xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi


Jizzaxda yong‘in xavfsizligi xizmati yosh xodimlari o‘rtasida “Eng faol yosh xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB YOXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur tanlovning birinchi, ya’ni viloyat bosqichida ishtirokchilar test sinovlari topshirishdi.

Viloyatda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar ishtirokchi o‘rtasidagi respublika bosqichi IIV YOXBBda o‘tkazildi.

Barcha shartlar natijasi bo‘yicha birinchi o‘rinni Jizzax viloyati IIB YOXB katta muhandisi, katta leytenant Farruh Abdurahmonov egalladi va Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining “Eng faol yosh xodimi” deb topildi.

Navoiy shahar YOXB boshlig‘ining o‘rinbosari, katta leytenant Muhsinjon Ergashev hamda Guliston shahar YOXB inspektori, katta serjant Rahimjon Ashurov ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Qo‘shma qarorga asosan, ko‘rik-tanlovning g‘olib va sovrindorlari, ya’ni “Eng faol yosh xodim” birinchi darajali diplom hamda amal maoshining uch barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Boshqa sovrindorlarga ham diplom va pul mukofotlari topshirildi.

Tanlovning respublika bosqichi g‘olibi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan har yili faol va iqtidorli yoshlarga taqdim etiladigan “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanish huquqiga ega bo‘ldi.

Qolaversa, imtiyozli ipoteka krediti asosida uy sotib olish uchun hisobda turgan yoki “Eng faol yosh xodim” ko‘rik-tanlovidan so‘ng hisobga olingan bo‘lsa, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori doirasida qurilayotgan “Yoshlar uylari”ni navbatsiz sotib olish uchun tavsiya etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют