» » Nobel mukofoti laureati O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Nobel mukofoti laureati O‘zbekistonga tashrif buyurdi


Yaponiyalik mashhur olim, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori Nagoya universiteti Prezidenti Matsuo Seyiti boshchiligidagi delegatsiya bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

29-avgust kuni Toshkent shahrida Ryodzi Noyori bilan o‘zbekistonlik tadqiqotchi olimlar va yosh iste’dod egalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalqaro Nobel fondi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuv yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda kimyogar olim yurtimizda ilm-fan rivoji yo‘lida qilinayotgan ishlarga yuqori baho berdi. Ilmiy faoliyati va izlanishlariga doir o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo tan olgan olim Ryodzi Noyori 2001-yilda katalitik assimetrik sintez yo‘nalishidagi muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning tadqiqotlari natijasida to‘qimalardagi kimyoviy jarayonlarni nazorat qilish imkoni yaratildi. Ryodzi Noyori Yaponiya ta’lim, madaniyat, sport, ilm-fan va texnologiyalar vazirligi ilmiy kengashining haqiqiy a’zosi va qator Yevropa davlatlari, shuningdek, AQSh, Xitoy Fanlar Akademiyasi a’zosidir. BMTning turli loyihalarida o‘z tashabbuslari bilan faol ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют