» » Tojikiston bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Tojikiston bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Tojikiston Respublikasining bir guruh davlat va jamoat arboblari, madaniyat, fan va sog‘liqni saqlash sohalari vakillarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda keltirildi.

“Qardosh O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mushtarak tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash va boyitish borasidagi faol va samarali faoliyati, mamlakatlarimiz orasida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik va ko‘p tomonlama strategik sherikchilikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun quyidagilar ordenlar va faxriy unvonlar bilan mukofotlansin”, — deyiladi farmon matnida.

Jumladan, Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda, tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, qator arboblar “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют