» » O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ijodkorlarga guvohnomalar topshirildi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ijodkorlarga guvohnomalar topshirildi


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida taniqli shoir va yozuvchilar, yosh ijodkorlar ishtirokida adabiy tadbir tashkil etildi, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori milliy adabiyot rivojini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ulkan islohotlarni boshlab berdi. Tadbirda mamlakatda ijod ahli uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanish, iste’dod va salohiyatini Vatan ravnaqi yo‘lida safarbar etish har bir ijodkorning burchi ekani alohida ta’kidlandi.

Ana shu burchini sidqidildan ado etib kelayotgan bir guruh faxriy ijodkorlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan rag‘batlantirildi. Shu kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yangi a’zolariga a’zolik guvohnomasi topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют