» » Samarqandlik tadbirkor Afrika tuyaqushlarini parvarishlamoqda

Samarqandlik tadbirkor Afrika tuyaqushlarini parvarishlamoqda


Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Yangiobod” mahallasida yashovchi Husan Haydarov o‘z tomorqasida 9 bosh Afrika tuyaqushini parvarishlamoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tuyaqushning tuxumi va go‘shti turli xastaliklarni davolashda keng qo‘llaniladi. Jumladan, yurak-qon tomir kasalliklari, qon bosimi va qandli diabetni davolashda uning go‘shti juda foydali hisoblanadi. Patidan esa ayollar uchun sharf va boshqa kiyim-kechaklar tayyorlanadi. Terisidan barcha turdagi charm mahsulotlari tayyorlashda qo‘llaniladi. Javohir va olmosni tozalashda uning yakka-yu yagona tirnog‘idan tayyorlangan kukun bebaho sanaladi.

Tuyaqushlar mart oyidan noyabr oyigacha tuxum beradi. Bitta tuyaqush mavsum davomida 80 tadan 110 tagacha tuxum qo‘yadi. Polaponi 45 kunda tuxumdan chiqadi. Kasalliklarga chidamli parranda faqat 6 oygacha alohida e’tibor bilan parvarishlanishi lozim. Shu muddatdan so‘ng uncha-muncha kasallikka chalinmaydi. To tuxumga kirish arafasigacha uning jinsini ajratib bo‘lmaydi. Afrika tuyaqushining urg‘ochisi oq-kulrang tusda, erkagi esa oq-qora rangda bo‘ladi.

Bu qushni boqishni yo‘lga qo‘yishni anchadan buyon o‘ylab yurardim. Xorijdan keltirish uchun esa imkoniyat yo‘q edi. Qanday maqsadga erishishni bilmay yurgan kezlarimda tasodifan Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida tuyaqush boqayotgan fermer xo‘jaligining manzili qo‘limga tushdi. Shu kunning o‘zida Rishtonga otlandim. U erda tuyaqush parvarishlashning o‘ziga xos tomonlari bo‘yicha etarlicha ma’lumotga ega bo‘ldim. 2017 yilning yanvar oyida o‘z hisobimdan 21 million 600 ming so‘mga 9 ta 2 oylik tuyaqush xarid qilib, boqishni boshladim. Yaqinda urg‘ochi tuyaqushlar tuxumga kiradi. Ammo ularni ko‘paytirib bo‘lmaydi. Tuyaqush 2 yil-u 4 oylikdan so‘ng urug‘langan tuxum beradi. Shu bois kelgusi yilning mart oyidan tuyaqush ko‘paytirishni boshlaymiz. Hozir buning uchun maxsus inkubator tayyorlayapmiz.

Husan Haydarov, tadbirkor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют