» » Chirchiqda harbiy xizmatchilarga armiyaning jangovar qudrati namoyish etildi (foto)

Chirchiqda harbiy xizmatchilarga armiyaning jangovar qudrati namoyish etildi (foto)


Chirchiq dala o‘quv maydonida oliy harbiy ta’lim muassasalariga joriy yilda o‘qishga qabul qilingan yoshlar uchun qurol-aslaha va harbiy texnikalar yordamida ko‘rgazmali mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbirda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, mas’ul ofitserlar, kursantlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Ushbu ko‘rgazmali mashg‘ulotlarda kursantlarga qurol-aslaha va harbiy texnikalarning tavsifi hamda ular yordamida jangovar otish mashqlarini bajarishda xavfsizlik talablariga rioya etish haqida tushunchalar berildi. O‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga o‘qishga qabul qilingan yigitlar o‘zlarining yuksak darajadagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют