» » “Paxtakor” murabbiyi g‘alaba qozonishi mumkinligi haqida, “Arsenal” posboni esa “Paxtakor” hujum qila olmagani haqida aytdi

“Paxtakor” murabbiyi g‘alaba qozonishi mumkinligi haqida, “Arsenal” posboni esa “Paxtakor” hujum qila olmagani haqida aytdi


Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in olib borayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi Rossiya Premyer-ligasidagi 16 ta jamoa orasida 15-o‘rinni egallab turgan klubga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvdan keyin “Paxtakor” bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy natija adolatli ekanini ta’kidlab, uning shogirdlari g‘alaba qozonishi ham mumkin bo‘lgani haqida aytdi:

Natija adolatli. “Arsenal” tashabbusga ega bo‘ldi. Biz ham faqat himoyada o‘ynaganimiz yo‘q. G‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi.

Ta’kidlash lozimki, bizning jamoa Rossiya chempionati klublaridan kuchsizroq. Bundan oldingi o‘rtoqlik uchrashuvida “Krilya Sovetov”ga yutqazib qo‘ygandik (0:1). “Arsenal”ga chempionatda omad tilayman!

Grigoriy Kolosovskiy, “Paxtakor” bosh murabbiyi

Shu kuni Tulaning “Arsenal” klubi darvozasini himoya qilgan Vladimir Gabulovning fikrlari esa umuman boshqacha yangradi:

Yigitlar murabbiy bergan vazifani uddalashga harakat qildi, biz nolga o‘ynadik.

Bu natijaga katta ahamiyat bermagan bo‘lardim. Raqibni hurmat qilganim holda aytamanki, “Paxtakor” yuqori darajali jamoa emas. Raqib darvozamiz oldida hech qanday vaziyat yarata olmadi.

Jamoadoshlarim harakat qildi, vaziyatlar yaratishdi, darvozaga zarbalar berildi. Afsuski, gol ura olmadik.

Vladimir Gabulov, “Arsenal” darvozaboni

Bunda fikrlar bir-biriga qarama-qarshi. E’tibor berish kerak bo‘lgan jihat esa “Paxtakor” ustozining ustunlik kim tarafida bo‘lganini tan olgani. “Paxtakor” hujum qilishi kerak bo‘lgan darvozaga esa tabiiyki, Gabulov Kolosovskiydan yaqinroq bo‘lgan. Chunki darvozani uning o‘zi qo‘riqlagan.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют