» » Jizzaxdagi investitsion forumda Chevrolet Tracker namoyish etildi

Jizzaxdagi investitsion forumda Chevrolet Tracker namoyish etildi


Jizzaxda xalqaro investitsion forum o‘z ishini boshladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Viloyat tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu tadbirdan maqsad Jizzaxning investitsion salohiyatini namoyon etish hamda ishlab chiqaruvchilarning milliy ko‘rgazmasini tashkil etishga qaratilgan.

Forumda Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, BAA, Isroil, Hindiston, Ispaniya, Latviya, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Singapur, AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya singari 28 mamlakatdan 300 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.

Xalqaro investitsion forum doirasida O‘zbekiston avtomobil sanoatining yangi mahsuloti — Chevrolet Tracker namoyish etildi.

Tracker 4 qatorli benzinli dvigatelga ega. Avtomobil kuzovi uzunligi 4255, kengligi 1775, balandligi 1650, g‘ildirak bazasi 2555 millimetrni tashkil etadi. Ishlash hajmi 1796 sm3.

Mashinaning maksimal tezligi soatiga 180 kilometrni tashkil etadi. Yoqilg‘i sarfi 00 kilometrga 7,1 litr, bak hajmi 53 litr.

Chevrolet Tracker joriy yil sentabr oyida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют