» » 1-sentabrdan “Kinoteatr” telekanali o‘z ko‘rsatuvlarini HD formatida efirga uzata boshlaydi

1-sentabrdan “Kinoteatr” telekanali o‘z ko‘rsatuvlarini HD formatida efirga uzata boshlaydi


1-sentabr kunidan boshlab O‘zMTRK tizimidagi “Kinoteatr” telekanali o‘z ko‘rsatuvlarini nafaqat SD formatida, balki bugungi texnologiyaning eng so‘nggi yutuqlaridan biri hisoblangan va texnik sifat borasida yuqori tiniqlikni ta‘minlaydigan HD formatda ham efirga uzata boshlaydi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Bundan buyon teletomoshabinlar “Kinoteatr” telekanalini yuqori tiniqlikdagi HD formatda ko‘rish bilan bir qatorda, ovoz signalini ikki liniyada eshitish imkoniga ham egadir.

Binobarin, ovoz signallari bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan har bir liniya alohida simmetrik (stereo) tizimga ega bo‘lib, teletomoshabinlar o‘zlari uchun ma‘qul hisoblagan tilni bemalol tanlashi mumkin.

Qisqa qilib aytganda, “Kinoteatr” telekanali muxlislari o‘zlari yoqtirgan kinofilmlar va teledasturlarni ikki liniyaga ega bo‘lgan ovoz texnologiyasi yordamida o‘zbek va rus tilida tinglashlari hamda texnik sifat jihatidan yuqori tiniqlikdagi HD formatda kuzatib borishlari uchun barcha sharoit muhayyo.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют