» » “Lukoyl” O‘zbekistonning gaz qazib chiqarish hajmining oshishidagi rolini tasdiqladi

“Lukoyl” O‘zbekistonning gaz qazib chiqarish hajmining oshishidagi rolini tasdiqladi


Rossiyaning “Lukoyl” guruhi tomonidan gaz ishlab chiqarish 2018-yilning birinchi yarim yilligida 16,1 milliard kub. metrni tashkil qilgan, bu 2017-yilning shu davriga nisbatan 20 foizga ko‘p demakdir. Bu haqda kompaniyaning 29-avgust kuni e’lon qilingan hisobotiga tayanib, Spot xabar bermoqda.

2018-yilning ikkinchi choragida 8,1 milliard kub. metr gaz qazib chiqarildi, bu bir sutkalik o‘rtacha hisobda 2018-yil birinchi choragidagi darajaga mos keladi. Shu tariqa, kompaniya avgust boshida e’lon qilingan dastlabki ma’lumotlarni tasdiqladi.

“Gaz qazib chiqarishning o‘sishiga asosan O‘zbekistondagi loyihalarning muvaffaqiyatli rivojlantirilishi sabab bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

“Qandim” va “Hisor” loyihalarida yangi quvvatlarning ishga tushirilishi natijasida, joriy yilning birinchi yarmida gaz qazib olish hajmi 6,1 milliard kub. metrga oshdi, bu 2017-yilning birinchi yarmiga nisbatan ikki baravar ko‘pdir.

Kompaniyaning kapital xarajatlari birinchi yarim yillikda 226,8 milliard rublga teng bo‘ldi, bu 2017-yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 11 foizga kam demakdir.

“Pasayish asosan bosh ishlab chiqarish korxonalarining ishga tushirilishi sababli O‘zbekistondagi gaz loyihalariga investitsiyalarning qisqarishi bilan bog‘liq”, — deydi kompaniya.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют