» » O‘zbekistonda 81 ta Respublika komissiyasi va ishchi guruhi tugatiladi

O‘zbekistonda 81 ta Respublika komissiyasi va ishchi guruhi tugatiladi


Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish choralari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Farmonda ta’kidlanishicha, idoralararo kollegial organlarni tashkil etish va tarqatishning aniq tartibi mavjud emasligi oqibatida juda ko‘plab ushbu turdagi organlar paydo bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida davlat boshqaruvining byurokratiyalashuvi, ma’muriy tuzilmalarning kengayib ketishi, budjet xarajatlarining oshishiga olib kelgan.

Farmonga muvofiq jami 81 ta turli idoralaro komissiyalar, ishchi guruhlar tugatilib, ularning vazifalari tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazildi.

Masalan, Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish Respublika komissiyasi tugatilib, uning vazifalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga o‘tkazildi. Xuddi shunday Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish Idoralararo kengashi ham tugatildi, unga yuklatilgan vazifalarini endi Adliya vazirligi amalga oshiradi.

Bundan tashqari, 25 ta turli xil idoralararo komissiyalar ishi qayta ko‘rib chiqilib, optimallashtiriladi.

Endilikda Respublika darajasidagi idoralararo organlarni tashkil etish qonunlar, Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ular davlat idoralariga yuklangan vazifalarni bajarishda yordam beruvchi maslahat organi vazifasini bajaradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют