» » Toshkentda ko‘p qavatli va oddiy avtomobil turargohlarini qurish dasturi tasdiqlanadi

Toshkentda ko‘p qavatli va oddiy avtomobil turargohlarini qurish dasturi tasdiqlanadi


O‘zbekistonda xususiy investorlarni jalb qilgan holda ko‘p qavatli va oddiy avtomobil turargohlarini qurish dasturini tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

Poytaxtda davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yo‘llari bo‘ylab pulli turargohlar tashkil qilish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi. Eksperiment 2018-yilning 15-avgustidan 2019-yilning 15-avgustigacha o‘tkaziladi.

“Hozirda tadbirkorlar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda, jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida ham. Yer uchastkalari 2018-yil 1-oktabrdan 50 yilgacha bo‘lgan muddatga uzoq muddatli iajaraga beriladi”, — dedi Toshkent hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sharof Rahmonov Xalqaro press-klub majlisida.

Asosan yo‘l harakati sohasida innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda tajribaga ega tadbirkorlik subyektlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan, shu jumladan, bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida 10 yilga qadar muddatga ijaraga beriladi. Bunday joylar auksionlar orqali sotiladi va eng yuqori ijara to‘lovlari va investitsiya majburiyatlarini taklif etgan subyektlarga beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют