» » Serbiya bosh vaziri prezidentlik lavozimi uchun nomzodini qo‘yishga qaror qildi

Serbiya bosh vaziri prezidentlik lavozimi uchun nomzodini qo‘yishga qaror qildi


Serbiya bosh vaziri Aleksandr Vuchich prezidentlik poygasida qatnashishga qaror qildi. Bu haqda “Blits” mahalliy gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

Vuchich partiyadagi safdoshlari Serbiya prezidentlik lavozimi uchun nomzodlar qatorida uning nomzodini ham ko‘rishni istagani va mamlakatga barqarorlik, ish o‘rinlari, investitsiya va shifoxonalar zarurligi tufayli nomzodini ilgari surishga qaror qilganligini ma’lum qildi. Bosh vazir Serbiya progressiv partiyasi bosh qo‘mitasining majlisida uning qarorini qo‘llab-quvvatlagan tarafdorlariga minnatdorlik bildirdi.

Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorlik bildiraman va siz bilan faxrlanaman, chunki oxirgi to‘rt—besh yil davomida biz bankrotlik yoqasida turgan mamlakatni boshqardik.

Aleksandr Vuchich, Serbiya bosh vaziri

Hozirgi paytda Serbiya prezidenti lavozimini 2012-yilning mayidan buyon Tomislav Nikolich egallab kelmoqda. Davlat rahbarligi uchun keyingi saylovlar 2017-yilda bo‘lib o‘tadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-02-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют