» » Eng arzon tovuq go‘shti Urganchda, eng qimmati Farg‘onada sotilmoqda

Eng arzon tovuq go‘shti Urganchda, eng qimmati Farg‘onada sotilmoqda


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan mahsulotlar narxlarini o‘rganishni davom ettirmoqda.

Mamlakat bozorlarida 1 kilogramm mol go‘shti 26 ming so‘mdan 42 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bozorlarida uchratish mumkin — 26 ming so‘m.

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kilogramm mol go‘shti 26-40 ming so‘m. O‘tgan haftada ushbu bozorda 1 kilogramm mol go‘shti 26-39,5 ming so‘mdan sotilayotgani kuzatilgandi.

Toshkent shahrining “Farhod”, “Mirobod”, “Yunusobod”, “Chorsu”, “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida 1 kilogramm mol go‘shti 28 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha sotilmoqda.

O‘tgan haftada eng qimmat narxlardagi mol go‘shti faqat “Qo‘yliq” bozorida (43 ming so‘m) sotilgan bo‘lsa, bu haftada ushbu bozorda go‘sht narxi ancha arzonlashganini kuzatish mumkin — 28-38 ming so‘m. “Mirobod” bozorida 28-37 ming, “Yunusobod” bozorida 28-36 ming, “Farhod” bozorida 28-40 ming, “Chorsu” bozorida 28-38 ming so‘mgachaga sotilmoqda.

Eng arzon narxlardagi qo‘y go‘shti poytaxtning “Mirobod”, “Chorsu” bozorlarida — 28 ming so‘m. Eng qimmati ham Toshkent shahar bozorida — 1 kilogramm qo‘y go‘shti “Farhod” bozorida 43 ming so‘m.

Eng arzon tovuq go‘shti Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida — 11 ming so‘m. Eng qimmat narxda ushbu mahsulot Farg‘ona markaziy dehqon bozorida sotilmoqda — 19 ming so‘m. Mamlakat bozorida 1 kilogramm tovuq go‘shti o‘rtacha 14-16 ming so‘mdan iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют