» » Keylor Navas — Yevropa Chempionlar Ligasi 2017/18-yilgi mavsumining eng yaxshi darvozaboni

Keylor Navas — Yevropa Chempionlar Ligasi 2017/18-yilgi mavsumining eng yaxshi darvozaboni


Ayni damda Fransiyaning Monako shahrida UEFA Yevropa Chempionlar Ligasining 2018/19-yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Tashkilotchilar qur’a davomida o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchilarini ham e’lon qilmoqda.

Chempionlar Ligasining 2017/18-yilgi mavsumining eng yaxshi darvozaboni nomi “Real Madrid” posboni Keylor Navasga nasib etdi. Navas “Qirollik klubi”ning musobaqada ketma-ket uch marta g‘alaba qozonishida muhim o‘rin tutgan futbolchilardan biri bo‘lgandi.

Bu nomga Keylordan tashqari ayni damda “Liverpul” a’zosiga aylangan “Roma”ning sobiq darvozaboni Alisson hamda “Yuventus”dan ketib, PSJga o‘tgan Janluiji Buffon ham da’vogarlik qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют