» » Farg‘onada 3 ming dollar evaziga IIBga ishga joylashni va’da qilgan firibgar ushlandi

Farg‘onada 3 ming dollar evaziga IIBga ishga joylashni va’da qilgan firibgar ushlandi


Farg‘ona viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limiga fuqaro S.G. ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Unda “Baxtiyor” ismli shaxs 3000 AQSh dollari evaziga Toshkent shahrida rahbarlik lavozimlarida ishlovchi tanishlari orqali uni Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ishga olib kirib qo‘yishga va’da berib, avvaldan 500 dollar berishini talab qilayotganligini ma’lum qilingan.

Mazkur arizaga asosan mazkur bo‘lim hamda O‘z xavfsizligi bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.B. Marg‘ilon shahridagi “Parhez” oshxonasida fuqaro S.G.dan talab qilingan 500 dollari hisobidan 300 dollar va 1,6 million so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют