» » Talimarjon IESda bug‘-gaz qurilmalarini ishga tushirish bilan bog‘liq modernizatsiya ishlari yakuniga yetmoqda

Talimarjon IESda bug‘-gaz qurilmalarini ishga tushirish bilan bog‘liq modernizatsiya ishlari yakuniga yetmoqda


Qashqadaryo viloyatidagi Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida har birining quvvati 450 megavatt bo‘lgan ikki bug‘-gaz qurilmasini ishga tushirish bilan bog‘liq modernizatsiya ishlari yakuniga yetmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi. 

Bug‘-gaz qurilmalari birinchi blokining gaz turbinasi o‘tgan yil avgustida ishga tushirilgan, noyabrda esa blokning o‘zi ham kombinatsiyalashgan siklda foylanishgan topshirilgan edi.

Hozirda qurilmalarning ikkinchi blokini ishga tushirish-sozlash ishlari yakunlandi va bu ikki blok quvvatini 800 megavattgacha yetkazish imkonini berdi. Keyinchalik qurilmalarni to‘liq loyiha quvvatiga yetkazish amalga oshiriladi. 

Barcha ishlarning mart oyida yakunlanishi ko‘zda tutilgan, shundan so‘ng yangi qurilmalar “O‘zbekenergo” kompaniyasi ixtiyoriga topshiriladi.

Shundan so‘ng Talimarjon IESning umumiy quvvati 1700 megavattga yetadi va bu bilan O‘zbekistonning janubi—g‘arbiy qismini elektr ta’minoti yaxshilanishi ta’minlanadi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-02-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 139) ( 0) ( 137) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют