» » Fransiya tashqi ishlar vaziri Rossiyani mamlakat prezidentligiga nomzod Emmanuel Makron saytiga kiberhujumlarda aybladi

Fransiya tashqi ishlar vaziri Rossiyani mamlakat prezidentligiga nomzod Emmanuel Makron saytiga kiberhujumlarda aybladi


Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Ero mamlakat prezidentligiga nomzod Emmanuel Makronning saytiga Rossiya tomonidan uyushtirilayotgan kiberhujumlarni qabul qilib bo‘lmasligini bildirdi. Bu haqda Journal du Dimanche xabar bermoqda. 

Vazirga ko‘ra, Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovi kampaniyasida Rossiya nomzodlardan Marin Le Pen va Fransua Fiyonga rag‘bat bildirmoqda. Shu sababli Yevropa manfaatlarini ifoda qilayotgan Makron kiberhujumlarga nishon bo‘lmoqda. 

Fransiyadagi demokratik jarayonga aralashishning bunday shaklini qabul qilib bo‘lmaydi, men buni qoralayman. Aynan Rossiya o‘zining hatti-harakatlari bilan boshqa davlatlarning ichki ishlarga aralashmaslik xalqaro hayot tamoyili ekanligini doim eslatib turadi.

Jan-Mark Ero, Fransiya tashqi ishlar vaziri

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Fransiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron Fransua Fiyonni ortda qoldirib, prezidentlik poygasining yangi yetakchisiga aylangani ma’lum qilingandi. 

Опубликовано: admin (20-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют