» » Boks. Shunqor Abdurasulov ham Osiyo o‘yinlari—2018 finalida, navbat Bobousmonga

Boks. Shunqor Abdurasulov ham Osiyo o‘yinlari—2018 finalida, navbat Bobousmonga


Bugun, 31-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 13-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Boks bo‘yicha -60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shunqor Abdurasulov Osiyo o‘yinlarining yarim final jangida ishtirok etdi. Unga bu bosqichda tailandlik Rujakran Juntrong raqiblik qildi. Shunqor raqibi ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval -52 kg vazn toifasiga yarim final jangida qatnashgan Jasurbek Latipov qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Shuningdek, bugun yana 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2018, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют