» » O‘zbekistondagi 3 universitetda qo‘shma ta’lim dasturlari uchun hujjatlar 15-sentabrgacha qabul qilinadi

O‘zbekistondagi 3 universitetda qo‘shma ta’lim dasturlari uchun hujjatlar 15-sentabrgacha qabul qilinadi


Namangan davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot va Toshkent davlat agrar universitetlariga 2018/2019-o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha kvotalar belgilandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Jumladan, Namangan davlat universitetida Sankt-Peterburg davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma dastur asosida 60 nafar talaba qabul qilinadi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda to‘rtta yo‘nalishda 125 nafar, Toshkent davlat agrar universitetida esa Volgograd davlat agrar universiteti bilan birgalikda bitta yo‘nalishda 20 nafar talaba qo‘shimcha qabul qilinadi.

Qo‘shma dasturda belgilangan qabul kvotalarida o‘qish to‘lov-kontrakt asosida bo‘lib, bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar shu yilning 15-sentabrigacha qabul qilinadi. Kirish imtihonlari esa 17—22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar uchun o‘qish istisno tariqasida joriy yilning 1- oktabridan boshlanadi. Qo‘shma dastur doirasida ta’lim oladigan talabalar o‘quv jarayonining bir qismini xorijiy oliy ta’lim muassasasida amalga oshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2018, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют