» » AQShda 1 sutkada ikkita shaxsiy samolyot halokatga uchradi

AQShda 1 sutkada ikkita shaxsiy samolyot halokatga uchradi


AQShning Nyu-Jersi shtati Beyonn shahrida katta bo‘lmagan samolyot turar-joy kvartaliga quladi. Halokat oqibatida uchuvchi jabrlandi, deb xabar bermoqda “RBK”.

AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasining ma’lum qilishicha, qulagan samolyot Long-Aylend (Nyu-York)dan uchgan Piper PA-28 bo‘lgan. Havo kemasi Kuins uchuvchilar maktabiga tegishli ekani ta’kidlanmoqda.

CBS’ning qayd etishicha, shturval ortida 56 yoshli Jorj Pettuey bo‘lgan. Havo kemasi bortida undan boshqa hech kim bo‘lmagan. Uchuvchi Ozodlik haykali yaqinida parvoz qilayotganida yordam so‘ragan. Samolyot nima sababdan qulagani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Samolyot avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchasiga qulamaslik uchun tezkor burilishni amalga oshirdi va elektr simlarini uzib, yerga quladi. Halokat oqibatida hech kim jabrlanmadi, ammo havo kemasi bir nechta mashinaga zarar yetkazdi.

20-fevralga o‘tar kechasi AQShda yana bir shaxsiy samolyot quladi. NBC 10 telekanalining xabar qilishicha, Pensilvaniya shtatida yengil motorli samolyotning golf maydoniga qulashi oqibatida 3 kishi jabrlandi.

Havo kemasi Butter Valley golf maydoniga quladi va ikkiga bo‘linib ketdi. Samolyot ichida bo‘lgan ikki kishi yengil jarohat oldi va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun shifoxonaga yuborildi.

Associated Press’ning qayd etishicha, samolyot havoga ko‘tarilganidan so‘ng ko‘p o‘tmay yerga qulagan. Aviahalokatga kuchli shamol sabab bo‘lgani keltirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-02-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют