» » Osiyo o‘yinlari—2018. Miraziz Mirzahalilov mezbon bokschini mag‘lub etib finalga chiqdi

Osiyo o‘yinlari—2018. Miraziz Mirzahalilov mezbon bokschini mag‘lub etib finalga chiqdi


Bugun, 31-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 13-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Boks bo‘yicha -56 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Miraziz Mirzahalilov Osiyo o‘yinlarining yarim final jangida ishtirok etdi. Unga bu bosqichda mezbon indoneziyalik Sunan Amoragam raqiblik qildi. Miraziz hakamlar qaroriga ko‘ra, 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq -49 kg, -52 kg, 60 kg va -69 kg vazn toifalaridagi Hasanboy Do‘stmatov, Jasurbek Latipov, Shunqor Abdurasulov hamda Bobusmon Boturov yarim final janglarini o‘tkazib, final yo‘llanmasiga ega chiqqandi.

Shuningdek, bugun yana 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2018, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют