» » Toshkentda 19—21-noyabr kunlari turizm bo‘yicha ilk xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 19—21-noyabr kunlari turizm bo‘yicha ilk xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tadi


O‘zbekistonda turizm sohasida birinchi xalqaro investitsion forum 19—21-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” pavilonlari muzokaralar maydoni bo‘ladi. Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tadbirga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.

Tadbir doirasida hududlarning turizm bo‘yicha investitsion salohiyati aks etgan taqdimotlar, joylarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishuv, xalqaro tashkilotlar va xorijiy investorlar bilan mahalliy hokimliklar o‘rtasida bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan ikki tomonlama muzokaralar tashkil etilishi hamda o‘nlab shartnomalar imzolanishi nazarda tutilgan.

Anjuman ishtirokchilari “Chorvoq” erkin turistik zonasi, Samarkand city va “Qadimiy Buxoro” turizm zonalari, shuningdek, Surxondaryo viloyatidagi kichik sayyohlik hududlari bilan yaqindan tanishadi.

Forumda o‘zbekistonlik ishbilarmonlari bilan bir qatorda xalqaro moliya institutlari vakillari, salohiyatli xorijiy investorlar, yirik sayyohlik kompaniyalari, sohada faoliyat olib boruvchi yetakchi ekspertlar va mutaxassislarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yaqin uch yilda sayyohlar sonini ikki baravar oshirishni maqsad qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 2017-yili 2,5 milliondan ortiq sayyohni qabul qilgan, bu oldingi yilga qaraganda 25 foiz ko‘p. Joriy yilda esa bu ko‘rsatkich yanada oshishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2018, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют