» » Imtiyoz asosida necha nafar harbiy xizmatchining farzandi o‘qishga kirganligi ma’lum qilindi

Imtiyoz asosida necha nafar harbiy xizmatchining farzandi o‘qishga kirganligi ma’lum qilindi


O‘zbekiston Milliy matbuot markazida harbiy xizmatchilar farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun ajratilgan kvotalar va ushbu kvota asosida talabalikka qabul qilinganlar bo‘yicha anjumanda ma’lumot berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmat xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 14-may kuni O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” gi qarori imzolangandi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, yuqoridagi qarorga muvofiq 2018-yil oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida jangovar xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan haqiqiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning farzandlariga 631 ta tavsiyanomalar berilgan.

Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikast olish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning 58 nafar farzandlariga ham tavsiyanomalar taqdim etilgan.

Jami 689 nafar harbiy xizmatchilarning farzandlariga tavsiyanomalar berilgan bo‘lib, ulardan 357 nafari (ya’ni berilgan umumiy tavsiyanomalarning 52 foizi) o‘qishga kirganligi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2018, 23:26)
+1 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют