» » Osiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekiston rekordlarini yangilashda davom etadi (reyting)

Osiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekiston rekordlarini yangilashda davom etadi (reyting)


Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida davom etayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari bugun yakuniga yetadi. Xo‘sh, O‘zbekiston hisobida qancha medal bor? Bu galgi musobaqa avvalgilaridan nimasi bilan farq qildi? Medallar borasidagi natijalar o‘zgardimi?

XVIII Osiyo o‘yinlariga 331 nafar sportchi bilan kelgan O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida hozircha 57 ta medal mavjud. Shulardan 15 tasi oltin, 19 tasi kumush, 23 tasi esa bronza medallari. Umumiy reytingda esa delegatsiya 7-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston shu vaqtga qadar 6 ta Osiyo o‘yinlarida qatnashgan. Medal jamg‘arish bo‘yicha Guangjou—2010 musobaqasi o‘zbekistonlik sportchilar uchun omadli kelgandi—jami 56 ta medal. Ko‘rib turganingizdek, medallar soni bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi natijasi yangilandi. Hozirning o‘zida 57 ta medal! Oltin medal borasida Pusan—2002 musobaqasi peshqadam bo‘lib turgandi. O‘shanda o‘zbekistonlik sportchilar o‘z hisoblariga 15 ta oltin medalni yozib qo‘yishgan. Hozirning o‘zida bu ko‘rsatkich ham takrorlandi. Ya’ni sportchilar so‘nggi kun musobaqalariga qadar 15 ta oldin medalni o‘zlariniki qilishga ulgurdi.

Bugun o‘zbekistonlik 7 nafar bokschining final janglarida ishtirok etishi hisobga olinadigan bo‘lsa, katta ehtimol bilan oltin jamg‘arish borasidagi ko‘rsatkich ham medal jamg‘arish borasi yangi rekordlar o‘rnatiladi.

Umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallash uchun esa Eron bilan kurash ketmoqda. Ularning hisobida hozirning o‘zida 19 ta oltin medali mavjud. Quyida O‘zbekiston termasining 6 ta Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki bilan tanishishingiz mumkin:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2018, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют