» » Osiyo o‘yinlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari tantanali kutib olindi (foto)

Osiyo o‘yinlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari tantanali kutib olindi (foto)


Bugun, 31-avgust kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sha’nini himoya qilgan o‘zbekistonlik sportchilar tantana bilan kutib olindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha Mudofaa vazirligi Sport klubi a’zosi, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Ruslan Nurudinov Osiyo o‘yinlari oltin medaliga sazovor bo‘ldi. U dast ko‘tarishda 191 kg, siltab ko‘tarishda esa 230 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, umumiy 421 kg natija bilan raqiblaridan ustun keldi. Ruslan shu bilan birga Osiyo o‘yinlari rekordini ham yangiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston sharafini 69 kg vaznda himoya qilgan Mudofaa vazirligi sport klubi og‘ir atletikachisi Doston Yoqubov 331 kg natija bilan kumush medal sohibiga aylandi. Armiya sportchilari Adhamjon Ergashev hamda Rustam Jangaboyev esa o‘z vazn toifalarida (+105 kg va -62kg) bronza medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan tashqari yengil atletikachimiz Nadya Dusanova 1,94 santimetrlik natijani qayd etgan holda o‘z shaxsiy rekordini yangiladi va kumush medalga ega bo‘ldi.

Tantanali kutib olish marosimida O‘zbekiston milliy olimpia qo‘mitasi, Og‘ir va yengil atletika federatsiyasi vakillari, Mudofaa vazirligi sport klubi mas’ullari, sportchi yoshlar hamda g‘olib va sovrindorlarning oila a’zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri jamoasi o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan tantanaga bayramona tus bag‘ishladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2018, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют