» » Baydarka va kanoeda eshkak eshish. O‘zbekiston nomiga 2 ta bronza, 2 ta kumush yozib qo‘yildi

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. O‘zbekiston nomiga 2 ta bronza, 2 ta kumush yozib qo‘yildi


Bugun, 1-sentabr sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom ettirilmoqda.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 200 metr masofaga o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston ayollar termasi a’zosi Dilnoza Rahmatova bronza medaliga ega chiqdi.

Erkaklar o‘rtasida juftlikda 200 metrga o‘tkazilgan bahslarda esa o‘zbekistonlik Artur Guliyev hamda Elyor Mamadaliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda Yekaterina Shubina hamda Yuliya Borzova juftligi ham kumush medal sovrindoriga aylanishdi.

500 metr masofaga o‘tkazilgan to‘rtlik bahslarida esa Nataliya Kazantseva, Yuliya Borzova, Yekaterina Shubina va Kseniya Kochneva finalda marrani 3-bo‘lib bosib o‘tishdi va bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Shu tariqa baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilar musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston hisobiga 2 ta kumush, 2 ta bronza yozib qo‘yishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют