» » Pastdarg‘omda ZIL haydovchisidan 500 ming so‘m talab qilgan Nexia‘dagi yo‘lto‘sarlar 97 ming so‘mni olib qochgani uchun qo‘lga olindi

Pastdarg‘omda ZIL haydovchisidan 500 ming so‘m talab qilgan Nexia‘dagi yo‘lto‘sarlar 97 ming so‘mni olib qochgani uchun qo‘lga olindi


Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yo‘lto‘sar zo‘ravonlar guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi N.X. va R.O. 31-avgust kuni ZIL-130 yuk mashinasida ketayotganida (rulda N.X. bo‘lgan), ularning yo‘lini bir Nexia to‘sgan.

“Ikki nafar noma’lum shaxs ularni yuk mashinasidan tushirib, kuch ishlatish yo‘li bilan ulardan 500 ming so‘m pul talab qilgan”, — deyiladi IIV axborotida. So‘ng ZILdagilarning yonida bo‘lgan 97 000 so‘m pulni olib, voqea joyidan yashiringan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Pastdarg‘om tumanida yashovchi U.S. va Ch.R.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan”, — deya qo‘shimcha qilingan IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2018, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют