» » O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov FQB delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov FQB delegatsiyasini qabul qildi


AQSh Federal qidiruv byurosi direktori o‘rinbosari Devid Boudich boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida 28-avgust kuni O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov tomonidan qabul qilindi. Bosh prokuratura matbuot xizmati axborotida qayd etilishicha, uchrashuvda AQSh elchisi Pamela Spratlen ham qatnashgan.

Tadbir ishtirokchilari o‘zaro hamkorlikning izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Hamkorlikning ilk bosqichi sifatida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va FQB o‘rtasida 2017 yil 4 dekabrda hamkorlik memorandumi imzolanganligi qayd etildi. FQB delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi huquqiy sohadagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun navbatdagi bosqich bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Amerikalik xamkorlarga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita boshchiligida amalga oshirilayotgan jamiyat va davlatning barcha sohalarini qamrab olgan islohotlar haqida, shu jumladan prokuratura organlarining islohotlarning samarali amalga oshirilishidagi roli, shuningdek prokuraturaning yangi vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Bosh prokuratura akademiyasi va axborot-tahlil multimedia markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

Tomonlar terrorizm, ekstremizm, separatizm, giyohvand vositalar aylanmasi, odam savdosi va boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, jinoyat ishlarini tergov qilishda huquqiy yordam ko‘rsatish tartibini soddalashtirish, prokuratura organlari xodimlarini o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro fikr almashib, kelgusida konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2018, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют