» » “Dushanbe—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam aviaqatnov amalga oshmadi

“Dushanbe—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam aviaqatnov amalga oshmadi


20-fevralga belgilangan “Dushanbe—Toshkent” aviareysi noma’lum sabablarga ko‘ra qoldirildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Reys uchun chipta sotib olgan yo‘lovchilarga sarflagan pul mablag‘lari qaytarilgan, ba’zi yo‘lovchilarga, ularning xohishiga ko‘ra, chiptalar “Dushanbe—Xo‘jand” yo‘nalishi bo‘yicha qayta rasmiylashtirilgan.

Somon Air aviakompaniyasi amalga oshmagan reys uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan. Xabar berishlaricha, aviakompaniya mazkur reysni amalga oshirish uchun Toshkentdan taqiq olgan.

“Hozirgi vaqtda Somon Air O‘zbekiston poytaxtiga rejalashtirilgan reysning bekor qilinishi sabablarini aniqlash ustida ish olib bormoqda”, — deyiladi “Novosti Uzbekistana” xabarida.

Mavzuga doir: Tojikiston aviakompaniyasi O‘zbekistonga 1992-yildan buyon ilk texnik reysni amalga oshirdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-02-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют