» » Myanma sohillari yaqinida “arvoh-kema” paydo bo‘ldi

Myanma sohillari yaqinida “arvoh-kema” paydo bo‘ldi


Myanmaning janubiy sohillarida ekipajsiz “arvoh-kema” sayozlikka botib qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Sam Ratulangi PB 1600 nomli yuk tashuvchi sohildan bir necha kilometr narida sayozlikka botib qolgan. Uning suv sig‘imi 26,5 ming tonna, uzunligi 177 metr ekani aytilmoqda.

Mahalliy baliqchilar sayozlikka botib qolgan ulkan kemaga chiqqan, biroq uning ichida na ekipaj a’zolarini, na biror yukni topgan.

“Bunday katta kema qanday qilib bizning hududimizga kelib qolgani tushunarsiz. Hukumat ushbu kemani ko‘zdan kechiradi”, — dedi mahalliy parlament a’zosi Ne Uin Yangon.

Kemani so‘nggi bor 2009-yili Tayvan sohillari yaqinida, Indoneziya bayrog‘i ostida ko‘rishgan. Mahalliy ma’muriyatning fikricha esa, ekipaj kemani yaqinda tark etgan.

Hozirgi vaqtda kema egasining shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2018, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют