» » GM Uzbekistan “Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari”ni tashkil etmoqda

GM Uzbekistan “Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari”ni tashkil etmoqda


Avvalroq GM Uzbekistan Mustaqilligi kuni munosabati bilan joriy yil 5-sentabrgacha dilerlik avtosalonlari ishlamasligini ma’lum qilgan edi. Biroq mijozlarga maksimal darajadagi qulaylik yaratish maqsadida kompaniya “45 daqiqa ichida avtomobil” dasturiga muvofiq avtomobil bozorlari hududida “Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari”ni tashkil etmoqda.

Ilk savdo maydonchasi Toshkent shahridagi Sergeli avtomobil bozori hududida ushbu dam olish kunlari tashkil etiladi. Savdoga 1475 dona Spark Cobalt va Lacetti avtomobillari qo‘yiladi. GM Uzbekistan vakillari kerakli tavsiyalarni berib, mahsulot haqida batafsil ma’lumot taqdim etadi.

Shuningdek, rusumidan qat’iy nazar, avtomobil xarid qilgan mijozga velosiped sovg‘a qilinadi. Yaqin vaqt ichida “Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari” mamlakatning barcha hududlarida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2018, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют