» » Dollarning so‘mga nisbatan keskin o‘sishi, amalga oshmay qolgan “Dushanbe—Toshkent” aviareysi, “Ozodlik” radiosiga javob qaytargan videobloger va kunning boshqa muhim xabarlari

Dollarning so‘mga nisbatan keskin o‘sishi, amalga oshmay qolgan “Dushanbe—Toshkent” aviareysi, “Ozodlik” radiosiga javob qaytargan videobloger va kunning boshqa muhim xabarlari


20-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi qariyb 50 so‘mga oshdi. So‘nggi haftalar davomida dollarning rasmiy kursi haftasiga taxminan 15 so‘mdan o‘sib borayotgan edi.

2. “Dushanbe—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam aviaqatnov amalga oshmadi. Somon Air aviakompaniyasi amalga oshmagan reys uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

3. “Ozodlik”ning Olotda buzilayotgan uylar haqidagi xabariga o‘zbekistonlik videobloger javob qaytardi. Bundan avvalroq Buxoro viloyati hokimligi matn ko‘rinishida javob qaytargan edi.

4. Saratovdagi YTHda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Hodisa oqibatida jami olti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda, ular orasida tojikistonliklar ham bor.

5. Toshkentda Latviyadan jo‘natilgan iste’mol muddati 3 yil avval o‘tib ketgan qariyb 6 tonnalik “shirin konteyner” ushlab qolindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-02-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют