» » Navoiyda 10 ta ko‘p qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirildi

Navoiyda 10 ta ko‘p qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirildi


Respublika mustaqilligining 27 yillik bayrami munosabati bilan Navoiy shahrida 7 qavatli, har biri 42 xonadondan iborat 10 ta ko‘p qavatli turar joy binolari foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“151-QMP” va “Temur Malik” MChJning mehnati tufayli qisqa muddatda qurib bitkazilgan obyektlarning ochilish marosimi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

– Biz 3 xonali uyning sohibi bo‘ldik, – deydi fuqaro Sh.Barnoyev. – Bu bizga mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligiga unutilmas bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Shuningdek, shaharning Mahmud Torobiy ko‘chasida ham 2 ta 5 qavatli turar joy binolarining egalariga topshirish marosimi aholi uchun bayramga munosib tuhfa bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2018, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют