» » Farg‘onada 113 yoshli momoga “Shuhrat” medali topshirildi

Farg‘onada 113 yoshli momoga “Shuhrat” medali topshirildi


Prezident farmoniga muvofiq 100 yoshdan oshgan bir guruh o‘zbekistonliklar qatorida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi 113 yoshli Shahrinsa momo Pozilova ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

1905-yilda tug‘ilgan Shahrinsa ayaning suyagi mehnatda qotgan. Dalada ketmon chopdi, paxta terdi, qurt boqdi. Front ortida shijoat bilan ishladi. Turmush o‘rtog‘i vafot etgach, ikki o‘g‘il, bir qizga ham ona, ham ota bo‘lib, bor mehrini berdi. Bugun onaxon 40 dan ziyod nevara, chevaralari ardog‘ida.

Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev Sh. Pozilova istiqomat qilayotgan xonadonga borib, momoni Prezident nomidan tabriklab, “Shuhrat” medalini tantanali ravishda topshirdi. Mustaqillikning 27 yillik bayrami bilan qutladi.

Sh. Pozilovaga viloyat hokimligining sovg‘asi – zamonaviy televizor, nogironlik aravachasi, oziq-ovqat mahsulotlari ham taqdim etildi.

Shahrinso momo e’tibordan ko‘ngli yayrab, duoga qo‘l ochar ekan, eng avvalo, yurtga tinchlik, elga xotirjamlik tiladi.

– Hamisha meni yo‘qlab turadigan davlatimdan aylanay. Biz keksalarga alohida e’tibor qaratgan Prezidentga rahmat! Viloyat rahbarining xonadonimga birinchi bor kelishi emas. Mana, yana medalni ko‘ksimga taqqani keldi. Bu yo‘qlovlardan, mukofotu sovg‘alardan boshim ko‘kka yetdi, – dedi 113 yoshli Shahrinsa momo.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2018, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют