» » Afg‘onistonda Moldova vertolyoti halokati oqibatida 12 kishi qurbon bo‘ldi

Afg‘onistonda Moldova vertolyoti halokati oqibatida 12 kishi qurbon bo‘ldi


Afg‘onistonda Moldova kompaniyasiga qarashli vertolyot halokatga uchradi. Vertolyot qulashi oqibatida ekipajning ikki nafar a’zosi va o‘n nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi, ikki kishi omon qoldi. Bu haqda Moldova fuqarolik aviatsiyasi organi xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Moldova fuqarolik aviatsiyasi organi shuni ma’lum qiladiki, 2-sentabr kuni Afg‘onistonda Valan International Cargo Charter aviakompaniyasiga qarashli MI-8 MTV vertolyoti Mozori Sharif shahridagi harbiy bazadan havoga ko‘tarilgandan biroz vaqt o‘tib yerga quladi. Bortda ekipajning uch nafar a’zosi, Ukraina fuqarolari va 11 yo‘lovchi, Afg‘oniston fuqarolari bo‘lgan… ekipajning ikki nafar a’zosi va o‘n nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi”, — deyiladi boshqarma saytiga joylangan xabarda.

Halokat sabablarini aniqlash va qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plash uchun surishtiruv boshlanganligi ta’kidlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2018, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют