» » APL. “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Liverpul”da g‘alaba, “Tottenhem” esa yutqazib qo‘ydi (video)

APL. “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Liverpul”da g‘alaba, “Tottenhem” esa yutqazib qo‘ydi (video)


Kecha, 2-sentabr sanasida Angliya premyer-ligasi 4-tur bahslariga yakun yasaldi.

Londonning “Arsenal” jamoasi “Kardiff” mehmoni bo‘lib, irodali g‘alabaga erishdi. “Kanonirlar” tarkibida Mustafi, Obameyang hamda Lyakazett o‘z nomiga tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, mezbonlarning javob gollari esa Kamarasa va Uord nomiga yozildi. Shu tariqa Unai Emeri shogirdlari mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Joze Mourinyo boshchiligidagi “Manchester Yunayted” bu turda “Byornli” mehmoni bo‘lib, Romelu Lukakuning dubli evaziga 3 ochkoli bo‘ldi.

Harri Keyn yetakchiligidagi “Tottenhem” esa hozirda peshqadamlar safida bo‘lgan “Uotford” mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

1-sentabr sanasida o‘tkazilgan “Lester”—“Liverpul” uchrashuvida “mersisaydliklar” 1:2 hisobida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, “Chelsi” o‘z uyida “Bornmut”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. “Manchester Siti” esa “Nyukasl”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa 4-tur bellashuvlari ham o‘z nihoyasiga yetdi.

Angliya premyer-ligasi

4-tur bellashuvlari

2-sentabr, yakshanba

Gollar: 0:1 – 11 Mustafi, 1:1 – 45 Kamarasa, 1:2 – 62 Obameyang, 2:2 – 70 Uord, 2:3 – 81 Lyakazett.

Gollar: 0:1 – 27 Lukaku, 0:2 – 44 Lukaku.

Chetlatish: Reshford

Gollar: 0:1 – 53, avtogol Dukure, 1:1 – 69 Dini, 2:1 – 76 Ketkart.

1-sentabr, shanba

Gollar: 0:1 – 10 Mane, 0:2 – 45 Firmino, 1:2 – 63 G‘azzol.

Gollar: 0:1 – 43 Shyurrle, 0:2 – 62 Mitrovich, 1:2 – 67 Myurrey, 2:2 – 84, penalti Myurrey.

Gollar: 1:0—72 Pedro, 2:0—85 Azar.

Gollar: 0:1—47 Ingz, 0:2—90 Xyoyberg.

Gollar: 0:1—34 Billing, 1:1—36 Kelvert-Lyuin.

Gol: 0:1—90 Traore.

Gollar: 1:0—8 Sterling, 1:1— 30 Yedlin, 2:1—52 Uoker.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2018, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 6) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют