» » Farg‘onada har bir tumanda 27 nafar ehtiyojmand bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi (foto)

Farg‘onada har bir tumanda 27 nafar ehtiyojmand bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi (foto)


Farg‘ona viloyatida Maktabgacha ta‘lim boshqarmasi tomonidan mustaqillikning 27 yilligi munosabati bilan har bir tumandan 27 nafardan ehtiyojmand bolaga sunnat to‘yi qilib berildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Qo‘qon shahridagi “O‘rda” tantanalar saroyida o‘tkazilgan sunnat to‘yida Beshariq, Furqat, O‘zbekiston, Dang‘ara, Uchko‘prik, Buvayda, Bag‘dod tumanlari va Qo‘qon shahrida yashovchi ehtiyojmand oilalarning 250 nafardan ortiq farzandlari ishtirok etdi.

Viloyat va tuman hokimliklari, jamoat tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilgan sunnat to‘yida bolalarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari hamda do‘stlari mehmon bo‘ldi.

To‘y bolalarga sarpolar kiydirilib, homiy tashkilotlarning sovg‘alari topshirildi.

“Bugun o‘g‘lim Abduvalining sunnat to‘yi bo‘ldi. Ehtiyojmand oilalarga, ayniqsa, farzandlarimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan boshimiz ko‘kka yetdi. Buning uchun davlatimizdan, barcha saxovatli insonlardan behad minnatdormiz”, – deydi Buvayda tumanining Nayman qishlog‘ida yashovchi Gulshanoy O‘ktamova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2018, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют