» » Mudofaa vazirligida mustaqillik ayyomga bag‘ishlangan bayram tadbirlari o‘tkazildi (foto)

Mudofaa vazirligida mustaqillik ayyomga bag‘ishlangan bayram tadbirlari o‘tkazildi (foto)


Mudofaa vazirligi sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun sport musobaqasi, konsert dasturi va bayram sayli o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tantanali tadbir ishtirokchilari sportning shaxmat-shashka, arqon tortish, stol tennisi, mini futbol, voleybol, badminton kabi turlari bo‘yicha bellashuvlarning guvohi bo‘lishdi. Musobaqa g‘oliblariga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.

Shuningdek, bolalar uchun ko‘ngilochar o‘yinlar, sahna qo‘rinishlari va tomoshalar, vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha tanlov, qurol-aslaha ko‘rgazmasi hamda oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari tomonidan qo‘l jangi san’ati elementlari bilan chiqishlar, Mudofaa vazirligi markaziy harbiy orkestri jamoasi hamda Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari, o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Bayram tadbirida “ArMI-2018” IV Xalqaro armiya o‘yinlarida “Sodiq do‘st” tanlovining 300 metrli to‘siqlar yo‘lagidan o‘tishda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy xizmat itlari pitomnigi harbiy xizmatchisi Shokir Jo‘rayevining 1 daqiqayu 15 soniya natija bilan rekord o‘rnatgan “Gita” laqabli xizmat iti ham maqoratini namoyish etdi.

Shuningdek, bayramga bag‘ishlab Toshkentning “Abdulla Qodiriy”, “Anhor Lokomotiv” va “Ashhobod” istirohat bog‘larida hamda “Xalqlar do‘stligi” maydonida Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli, Mudofaa vazirligi markaziy harbiy orkestri, Qurolli Kuchlar akademiyasi va Toshkent harbiy okrugi harbiy orkestrlari tomonidan konsert dasturlari hamda harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

Bu kabi tadbirlar Toshkent, Markaziy, Sharqiy, Shimoli-g‘arbiy, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglarida ham keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2018, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют