» » GM Uzbekistan’ning “Ochiq osmon ostidagi savdo” aksiyasi ilk xaridorlarni qabul qildi

GM Uzbekistan’ning “Ochiq osmon ostidagi savdo” aksiyasi ilk xaridorlarni qabul qildi


2-sentabr kuni GM Uzbekistan “Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari” aksiyasini yo‘lga qo‘ygan edi. Shu kuni aksariyat avtosalonlar bayram munosabati bilan yopiq bo‘lgani bois “45 daqiqa ichida avtomobil” dasturiga muvofiq avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlarimiz borligini va ular nafaqat Spark, balki istalgan avtomobillarini xarid qilib, velosiped olishi mumkin edi.

Shunday salon ilk bor Toshkent shahridagi “Sergeli” avtomobil bozori hududida o‘tgan dam olish kunlari tashkil etildi, bu yerda savdoga eng talabgir Spark, Cobalt va Lacetti rusumli avtomobillari qo‘yildi, deb xabar beradi GM Uzbekistan “Daryo”ga.

Avtosalonning ilk ish kunida jami 3 milliard 850 million so‘mlik 40 dona avtomobilga shartnoma tuzildi.

Dam olish kunlari bo‘lishiga qaramay, “Ochiq osmon ostidagi avtosalon” ilk mijozlarni qabul qildi, kun davomida ularning soni ortib bordi. Avtosalon xodimlari xaridorlarga yuqori darajada servis xizmati ko‘rsatib, maksimal darajada qulaylik taqdim etishga harakat qildi.

Ayni jarayonda ochiq osmon ostidagi avtosalonlarda savdoga 1475 ta Spark, Cobalt va Lacetti rusumli avtomobillari qo‘yildi.

“Xaridorlarning istak va takliflarini inobatga olib, avtomobillar sonini oshirishga hamda yaqin fursatlarda boshqa rusumdagi va turli komplektatsiya va rangdagi avtomobillarni qo‘shishga va’da beramiz”, — ma’lum qildi kompaniya vakillari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2018, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют