» » FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga 3 nafar nomzodni e’lon qildi, Messi ro‘yxatda yo‘q

FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga 3 nafar nomzodni e’lon qildi, Messi ro‘yxatda yo‘q


FIFA tashkiloti yilning eng yaxshi o‘yinchisiga topshiriladigan sovrin uchun 3 nafar asosiy nomzod nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra “Real Madrid” hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich, “Yuventus” hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Liverpul” hamda Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun asosiy da’vogarlar sifatida qayd etildi.

Mazkur nomzodlar muxlislar va mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar orqali tanlab olingan.

Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar qatoridan Eden Azar (“Chelsi”), Rafael Varan (“Real”), Antuan Grizmann (“Atletiko”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Harri Keyn (“Tottenhem”), Kilian Mbappe (PSJ), Lionel Messi (“Barselona”) kabi futbolchilar o‘rin olgandi. Biroq mazkur nomzodlar kuchli uchlikka kirish uchun yetarlicha ovoz to‘play olmagan.

G‘olib joriy yilning 24-sentabr sanasida FIFA tomonidan o‘tkaziladigan marosimda ma’lum qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2018, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют